Girard-Perregaux Casquette 2.0 soatlari
Ikki yil oldin shveysariyalik soat ishlab chiqaruvchisi o‘zining “Tig‘ ustida yuguruvchilar” qahramonlari kiyishi mumkin bo‘lgan retrofuturistik dizayndagi ajoyib Casquettega qaytayotganini e’lon qildi. Birinchi soatlar xira qora dizaynda ishlab chiqarilgan, ammo bugungi kunda brend 18 karrali sariq tilla detallari bilan titan versiyasini taqdim etadi. Ammo asosiy xususiyat bir xilligicha qolmoqda: kvadrat korpus va daqiqalar, soniyalar, kun va sana ko‘rsatilgan qora va qizil LED displeyli “yon tomonda” joylashtirilgan elektron siferblat.
King Kennedy Rugs sumka va kamzullari
Qiziqarli voqea: fotograf Mikael Kennedi XIX asr oxiri va XX asr boshlariga oid fors, arman va kavkaz gilamlarini yig‘adi va ulardan buyurtma asosida nimchalar, kamzullar va sumkalar tikadi. Hamma gilamlarni ham ishlatib bo‘lmaydi: ularning ba’zilari qalinligi jihatidan to‘g‘ri kelmasa, boshqalarining yangi egasi tikish ishlari uchun foydalanishga umuman ruxsat bermay, ularni shunchaki qayta sotadi — masalan, ibodat gilamlari (joynamozlar) sifatida. Sumkalar haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning har biri italyan charmidan qilingan (100 dan ortiq tuslarni tanlashingiz mumkin!), shuningdek, 12 dyuymli yopqichli cho‘ntak, poliester matodan astari va zarhal yoki jez bezak ashyolari mavjud.
Runabout Bertone avtomobili
To‘g‘rirog‘i, bunday mashina hozircha mavjud emas, bu shunchaki o‘sha brendning 1969-yildagi poyga modeli (u o‘z navbatida FIAT X1/9 va Lancia Stratos’dan ilhomlangan) asosida yaratilgan konsept. Taxminlarga ko‘ra, avtomobil ayerodinamik shaklda bo‘lib, ponasimon kuzovi, 500 ot kuchiga ega dvigateli, malina rangidagi charm o‘rindiqlari bor, u ikkita konfiguratsiyada ishlab chiqarilgan — butunlay ochiq yoki olinadigan tomli. Bugungi kunda kompaniya 2026-yilda boshlanishi kerak bo‘lgan ishlab chiqarish uchun oldindan buyurtmalarni yig‘moqda.
Wrensilva musiqa jihozi
Negadir biz hammamiz vinil plastinka yoki musiqiy markaz uzoq vaqtdan beri nafaqat ermakka, balki butunlay interyer buyumiga aylanganiga o‘rganib qolganmiz. Wrensilva bu konsepsiyani qandaydir yuksak darajada qabul qiladi. Ularning standarti yong‘oq yog‘ochidan tayyorlangan ajoyib buyum bo‘lib, beshta tinglash rejimiga va 130 tagacha plastinkani saqlash joyiga ega tizim vazifasini bajaradi. Oyoqli qilib yasalgan bu moʻjizaviy gadjet har qanday qurilma va onlayn xizmatlarga ulanishi hamda oddiygina katta ovoz kuchaytirgich sifatida ishlatilishi mumkin.
Mila Air aqlli havo tozalagichi
Ushbu qurilmaning ajoyibligi shundaki, u hech kim ishlatmaydigan ko‘plab funksiyalardan xalos qilingan. U o‘zining asosiy vazifasini yaxshi bajaradi — hashamdor ko‘rinadi ham. Bu qurilmaning bir donasi 90 kvadrat metr maydon uchun yetarli bo‘ladi, uning ichida to‘rtta almashtiriladigan filtr mavjud va u xonada kimdir paydo bo‘lganida, ovozsiz rejimni yoqadi va maxsus ilovada havo sifati haqida sizga xabar beradi.
Esquire The Handbook of Men’s Style kitobi: A Guide to Looking Good
Vijdonan aytganda, bunday kitoblar “qanday qilib yaxshi ko‘rinish” haqida ma‘lumot berish uchun yaratilgan bo‘lsa-da, ular o‘zlarining sahifalanishi va noyob fotosuratlari bilan juda qadrlidir. Bunday hajm hech qachon oxirigacha ko‘rib chiqilmaydi, har gal kitob sahifalarida yangi narsalarga duch kelasiz. Ammo jiddiy aytganda, bu nafaqat zamonaviy erkaklarning kundalik modasi va “yuz shakliga mos keladigan ko‘zoynak shakllari” kabi foydali ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanma, balki erkaklar kostyumlari qanday rivojlanish bosqichidan o‘tgani haqidagi tarixiy ma’lumotnoma hamdir. Yangi nashr uchun erkaklar modasi mutaxassisi Maykl Dogerti kitobni davr talabiga moslash maqsadida ko‘plab yangi materiallarni qo‘shdi.
Nordic Track Commercial 1750 yugurish yo‘lakchasi
Soatiga 20 kilometr tezlikka erishish imkonini beruvchi tizim, ko‘tarilish va pastlashning bir nechta variantlari, prujinali yugurish platformasi (barqaror turganida energiya qaytishini his qilasiz), shamol haydagichlar, 16 dyuymli aylanadigan sensorli ekran, ikkita shisha butilka qo‘ygich. Obuna bo‘yicha 10 mingga yaqin yugurish va yurish uchun o‘quv dasturlari mavjud, o‘rnatilgan sensorlar yordamida yurak urish tezligi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisoblash mumkin. Yangi boshlanuvchilar uchun ham, tajribali yuguruvchilar uchun ham mos keladi.