Quloqchinlarning XIX asrdan hozirgacha bo‘lgan tarixi
Shaharliklarning aksariyati uchun quloqchinlar birinchi o‘rinda turadigan zarur buyumga aylanib ulgurgan. Bularning bari nimadan boshlangan? Melomanlar XIX asrning oxirida nima eshitishgani, “tiqinli” quloqchinlar qayerdan kelgani, faol tovush yutishni kim ixtiro qilgani, quloqchinlar qay tariqa simsiz holga kelgani va bundan buyog‘iga nimalar bo‘lishi haqida so‘z yuritamiz.
1891
Fransuz muhandisi Ernst Merkadye ilk quloqchinlarni yaratmoqda
Quloqchinlar g‘oyasi XIX asrda tom ma’noda xomxayol edi. 1875-yilda Aleksandr Bell telefonni patentladi, ixtiro tezda mashhurlikka erishdi. Apparatning ko‘plab modellari va ular uchun aksessuarlar paydo bo‘ldi. Ulardan biri fransuz Ernst Merkadyening quloqchinlari edi. Qiziq tomoni, ular tiqin shaklida bo‘lgan.
Shu bilan bir qatorda, Angliyada Electrophone System kompaniyasi vujudga keldi – u konsert zallariga mikrofon o‘rnatgan hamda abonentlarga telefon orqali simfoniya va teatr pyesalarini yiliga 5 funtga obuna bo‘lgan holda eshitishni taklif qilar edi. Qo‘shimcha funt evaziga esa ikkinchi dinamikni yoqish mumkin edi, bu esa unga talabni kuchaytirib yuborgan.
1910
Muhandis Nataniel Bolduin AQSH ning BMC kompaniyasi ko‘tarasiga sotib oladigan quloqchinlarni ishlab chiqmoqda
Radioning paydo bo‘lishi bilan dunyoda ikkinchi marotaba quloqchinlarga ehtiyoj tug‘ildi. Asr boshida amerikalik muhandis Nataniel Bolduin boshga taqiladigan pyezoelektrik radiokarnayli va o‘ta yuqori – taxminan 8 ming impedans (to‘liq qarshilik)ga ega quloqchinlar to‘plamini patentladi.
Pyezokristall noto‘g‘ri saqlashda degradatsiyaga uchragan, quloqchinlar uchun namlik kam bo‘lishi lozim edi. Ustiga ustak, ovozning a’lo sifati tarixda o‘z o‘rnini egallashiga imkon bergan: quloqchinlar harbiylar orasida qo‘llanilgan. AQSHning BMC kompaniyasi, ixtirochi ularni oshxonada o‘tirib qo‘lda yasaganini xayoliga ham keltirmagan holda 100 juft shunday quloqchinlarga buyurtma bergan.
1937
Beyerdynamic dastlabki DT-48 dinamik quloqchinlarini chiqarmoqda
Dinamik radiokarnay 1925-yildagina, ovoz kuchaytirgich va elektron fonograf bilan taxminan bir vaqtda paydo bo‘ldi. Quloqchinlarga ovoz chiqarish sifati, ishonchliligi va qulayligi sifatida – nafaqat harbiylar, balki ovoz yozish studiyalari uchun ham ehtiyoj paydo bo‘ldi.
Beyerdynamic nemis kompaniyasi 1937-yildan 2012-yilgacha eng kam o‘zgarishga uchragan DT-48 modelini chiqardi va membrana uchun zarur materiallarni xarid qila olmay qolganida ishlab chiqarishni to‘xtatdi – model shu qadar ommalashib ketgandi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida ishlab chiqarish to‘xtadi, biroq undan keyin yangilanish yuz berdi, va 1950-yilda DT-48 o‘z shuhratining cho‘qqisiga chiqadi. Beyerdynamic haligacha studiya quloqchinlarining eng asosiy ishlab chiqaruvchilaridan bir hisoblanadi.
1958
Jon Koss ilk Koss SP-3 stereoquloqchinlarini chiqarmoqda
Taajjub, ammo barcha quloqchinlar 1960-yilning boshiga qadar musiqani faqat mono (ovoz faqat bitta dinamik yoki kanaldan uzatiladigan rejim)da uzata olgan. Birinchidan, ulardan ko‘pincha uchuvchilar va harbiylar foydalanishgan, ikkinchidan, musiqaning o‘zi ham mono rejimda bo‘lgan.
Ajablantirmaydigan jihati esa muhandis Jon Kossning oldiga magnitli plyonkadagi binaural yozuvni eshitishi lozim bo‘lgan do‘sti keladi, ular buning uchun mos keladigan quloqchin topa olishmaydi. O‘zlarinikini yasashga to‘g‘ri keladi.
Koss SP-3 modeli haqiqiy inqilob sodir etgan va dunyoga shaxsiylashtirilgan audioni ochdi. Koss quloqchinlari bu bozorda 1960-yillarda ustunlik qilgan, 1984-yilda esa kompaniya bugungi kungacha hech bir o‘zgarishsiz chiqarilib kelayotgan yana bir taniqli model – Porta Pro ni namoyish etdi.
1959
Stax ilk SR-1 elektrostatik quloqchinlarini chiqarmoqda
Bir yil avval oddiy iste’molchilar uchun ilk elektrostatik tizim – Quad Electrostatic paydo bo‘ldi. Texnologiya diffuzor ulangan magnit bosh tebranib turadigan oddiy dinamiklardan tubdan farq qiladi. Elektrostatik maydonda sochdan ham ingichka bo‘lgan maylardan qilingan membrananing o‘zi tebranadi. Bu dinamika va aql bovar qilmas tabiiy ovoz beruvchi mukammal amplituda-chastota xarakteristikasiga ega bo‘lish imkonini beradi.
Original SR-1 kolleksionerlarning o‘ljasiga aylandi, elektrostatik quloqchinlar esa yuqori narxlar sabab unchalik ham ommalashmadi va meloman va audiofillarning qismatiga aylandi, shunday bo‘lsa-da, magneplanar quloqchinlar ko‘rinishida g‘oyaning davomiga aylandi.
1968
Sennheiser ilk HD 414 ochiq quloqchinlarini chiqarmoqda
Quloqchinlar katta qora qariqizdek bo‘lgan, ganteldek osilib turadigan va yopiq, ya’ni tashqi ovozlardan izolyatsiyalangan bo‘lgan. Bularning bari harbiylar va uchuvchilar ehtiyojlariga mos kelgan, ammo oddiy iste’molchilarnikiga emas.
Sennheiser nemis kompaniyasi ochiq turdagi quloqchinlarni chiqardi: yengil, qulay va a’lo darajadagi tovush. Faqat birinchi yilda yuz minglab namunalar sotildi, har doim – rekord 10 million bo‘lgan. Bu quloqchinlar dunyoni portativ audio davriga olib keldi va dastlabki Hi-Fi quloqchinlardan biriga aylandi.
1979
Sony Walkman va MDL-3L2 quloqchinlarini chiqarmoqda
Quloqchinlar pleyer bilan, biroq alohida qutida qo‘yilgan. Bu kombo musiqani qanday eshitish haqidagi tasavvurlarni butkul o‘zgartirib, bir lahzada dunyoni lol qoldirgan. U endilikda nafaqat magnitofon va kolonkali xonada, balki yo‘lda, tabiatda, parvozda – istalgan joyda mavjud. Quloqchin modellari tezda minglab kolonkalarga ega bo‘ldi. Ovoz sifatini tengsiz deb bo‘lmasdi, lekin xaridor velosipedda uchib, Pink Floyd eshitish imkoniga ega bo‘lgan.
1979
Bose tovush yutuvchi quloqchinlarini ixtiro qilmoqda
Texnologiyaning o‘zini Massachusets texnologiya universiteti doktori Amar Boze 1970-yillarning oxirida patentladi va transatlantik parvozlar uchun texnik aviaquloqchinlarda sinovdan o‘tkazdi. Muvofiq ravishda, dastlabki 20 yil texnologiya rivojlandi va asosan uchuvchilar, harbiylar, quruvchilar va doimiy me’daga tegadigan tovushlar bilan to‘qnash keladigan boshqa mutaxassislar uchun quloqchinlarda qo‘llandi. Faqat 2000-yildagina oddiy iste’molchilar uchun tovush yutuvchi birinchi quloqchinlar – Bose QuietComfort dunyo yuzini ko‘rdi, qanchadir vaqt o‘tgach texnologiya taassurot uyg‘otadigan darajada oxirigacha ishlab chiqildi.
1995
Ovoz rejissyori Van Halen zamonaviy “tiqin”larning prototipini ixtiro qilmoqda
Zamonaviy “tiqinlar” umuman qanday paydo bo‘lgan? 1950-yilning oxirida Westone kompaniyasi ichki kanalli tuzilishga ega eshitish apparatini ishlab chiqara boshladi. 1980-yillarning o‘rtalarida Sony bilan birgalikda ular dastlabki quloqchinlarni chiqarishdi, bir necha yil o‘tgach esa Shure bilan musiqachilar uchun armaturali konstruksiyalar uchun quloq monitorlarini yaratishdi. Ularda membranani unga ulangan magnit katushka emas, balki tovushni yanada aniq va toza qilib beradigan qo‘zg‘aluvchi yakor harakatga keltiradi.
Bu yerda o‘z imkoniyatini ko‘rgach, Van Halen guruhining ovoz rejissyori Jon Stou chastotalar diapazonini kengaytirish uchun ikki drayverli armaturali monitorlarni yaratdi va Ultimate Ears brendi ostida chiqardi. Ular musiqachilar orasida standartga aylandi. Shundan keyin texnologiya omma orasiga kirib bordi, ko‘plab klonlari paydo bo‘ldi – arzon “tiqinli”laridan tortib, qimmat monitor ovozli armatura modellilarigacha.
2005
Bluetake ilk i-Phono BT420EX simsiz quloqchinlarini ishlab chiqarmoqda
Nuqul bir-biriga chalkashib qoladigan simlardan xalos bo‘lish g‘oyasi allaqachon xayolda bo‘lgan. Hali 1990-yillarning boshida Koss kompaniyasi manbaga IK-port orqali ulanadigan JCK-300 quloqchinlarini chiqardi. G‘oya unchalik ham zo‘r emasdi – uzatuvchining yonida o‘tirish va signalni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun ko‘zga yaqin joyda bo‘lishga to‘g‘ri kelardi.
Texnologiya mashhurlikka erishmadi, lekin o‘n yillik so‘nggida uning o‘rniga Bluetooth protokoli keldi. Avvaliga bu yangilik faqat telefonda gaplashish uchun asqotdi, biroq oqimli audio uchun ma’lumotlar uzatilish tezligi asta-sekinlik bilan o‘sib bordi. O‘zining uzatuvchisiga ega ilk simsiz quloqchinlar unchalik mashhur bo‘lmagan Bluetake kompaniyasining i-Phono BT420EX si bo‘ldi, bu Bose va Beats kompaniyalarini o‘z modellarini chiqarishga undadi. Apple AirPods – ilk haqiqiy simsiz (True Wireless) quloqchinlarga aylandi.
2011
Razer dunyoda ilk bor Tiamat 7.1 quloqchinlarini chiqarmoqda
Ular kichik hajmdagi uy kinoteatri bo‘lib, har tomonidan beshtadan, birvarakayiga o‘nta dinamik bilan jihozlangan. Yangilik tasodifan geymerlik periferiyasida ishlab chiqarilib, Gamescom 2011 ga taqdim etilmagan: fazoviy tovush o‘yinlarda haqiqiy ustunlik beradi.
Taqdim etilgan yangi texnologiya stereoda musiqa tinglash uchun 2.0 rejimga o‘ta oladi, biroq qandaydir Sennheiser HD 595 dan bir yarim martaga kattaroq edi, bu unchalik ham qulay bo‘lmagan. Bir vaqtning o‘zida odatiy stereodinamiklar hamda og‘irligi kichikroq fazoviy tovush emulyatsiyasiga ega quloqchinlar paydo bo‘lgan, keyinroq esa SHK (shaxsiy kompyuter)ga dasturiy vositalar bilan fazoviy tovushni sozlash imkoni paydo bo‘ldi.
2013
Aftershokz suyakdan o‘tuvchi ilk simsiz quloqchinlarni chiqarmoqda
Suyakdan o‘tuvchi quloqchinlarga hanuzgacha qiziqish saqlanib qolgan. Ularda diffuzor yo‘q, ular quloq suyagiga egilib tushgan va musiqa to‘g‘ridan to‘g‘ri bosh ichida chalinayotgandek eshitiladi. Texnologiya harbiylardan chiqqan va aniq ustunliklarga ega: quloqchinlar atrofdagi ovozlarni o‘chirmaydi, shuning uchun ularni taqib, qo‘rqmasdan velosiped va mashina haydash mumkin.
Dunyoda texnologiyalarni o‘z o‘rnini topishda Aftershokz kompaniyasi yordam bermoqda, uning mahsulotlari sportchilar, dayverlar va akvalangchilarga manzur bo‘ldi (suv o‘tkazmaslik xususiyati uchun). Shunday bo‘lsa-da, oddiy melomanlar bas yetishmasligi va quloqchinning holatiga va hatto suyak tuzilishiga bog‘liq tovush chiqarishdagi farqdan shikoyat qilishadi. Shunga qaramay, texnologiya, masalan, xabarlarni eshitish uchun quloqqa qo‘yiladigan Orii – barmoqqa taqiladigan aqlli uzugi shaklini olgan holda xaridorlarini izlashda davom etmoqda.