Yuz, bosh va tanadagi sochlar uchun eng yaxshi elektr ustaralar – tezkor, qulay va foydalanilishi oddiy
Philips S9000 Prestige
Har birida ikkita tig‘li uchta boshcha. Bir soatlik quvvatlanish bir soat ishlashga yetadi. Suv o‘tkazmaydigan korpus.
Odatda shubhasiz ustuvorlik sifatida namoyon etiladigan ko‘p sonli tig‘lar har doim ham soch qirish sifatiga ta’sir ko‘rsatavermaydi. Biroq, S9000 Prestige holatida burilish panelida joylangan bir-biridan mustaqil ravishda ishlaydigan ikkitadan tig‘ haqiqatdan muhim ahamiyatga ega. Ustara dag‘al soqol, shuningdek ta’sirchan teri, tana va boshdagi sochlarni qirish va hattoki nikelga allergiyasi bosh odamlar uchun ham mos keladi.
Panasonic ARC5 Advanced 5
Bir vaqtda ishlaydigan beshta qiruvchi element. Uzun sochlar uchun uchlik. Bir soatlik quvvatlanish 45 daqiqa ishlashga yetadi. Suv o‘tkazmaydigan korpus.
ARC6 peshtaxtalarda paydo bo‘lgan zahoti ARC5 qurilmasining narxi ta’minan to‘rtdan bir qismga pasaydi. Biroq, ARC5’ning ajoyib unumdorligi avvalgidek saqlanib qolgan. Unda joylashgan beshta tig‘ sababli hattoki yuzingizda bir haftalik soqol bo‘lgan taqdirda ham, birinchi qirishdayoq bironta kemtik joyni qoldirmaysiz. Agar murakkab qurilmalarni ishlatishni yoqtirmaydiganlar sirasidan bo‘lsangiz, shunchaki mazkur qurilma bilan kundalik soqol qirishni “avtopilotda” bajaring.
Wahl Professional 5 Star Vanish
Ikkita qirish elementi. Bir soatlik quvvatlanish 100 daqiqa ishlashga yetadi. Suv o‘tkazmaydigan korpus.
Aslida uni bir marta quvvatlantirasiz va bir hafta foydalanasiz (agar har kuni soqol olsangiz). Bu model sartaroshlar orasida ommalashgan, chunki to‘xtalishlarsiz ishlaydi. Silliq holatgacha soqol qirishni (ko‘pchilik teri ta’sirchanligidan aziyat chekadi), ammo kalta soqol qolishini ham xohlamaydiganlar uchun. Bu mashinkadan keyin yuzingizda qolgan tuklarni hech kim payqamaydi.
Philips Norelco OneBlade 360
Ikki tomonlama tig‘ uchun joy. Soch uzunligining beshta varianti uchun uchlik.
Qo‘shimcha quvvatlashsiz ishlashi – 45 daqiqa. Suv o‘tkazmaydigan korpus. Bu elektr ustara kartrijli ustara ishiga taqlid qiladi va yuzdagi sochlarni butunlay qirib tashlash uchun mos keladi. Ammo, faqat shugina emas: beshta pozitsiyaga ega uchlik sababli ustara soqolni tekislash hamda tanadagi sochlarni qirish uchun ham mos keladi. Agar doim silliq yuz bilan yurishni istasangiz – bu sizning variantingiz.
Remington Balder Pro
Ikkita yo‘naltiruvchiga ega beshta aylanma boshcha. Aniq detallashtirish uchun qalqib chiquvchi trimmer. Qo‘shimcha quvvatlashsiz 50 daqiqa ishlaydi. Suv o‘tkazmaydigan korpus.
Rotorli ustara, birinchi navbatda, sochi to‘kilgan erkaklar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u bir nechta harakatlanuvchi boshchalari yordamida bosh burmalarini yaxshi takrorlaydi. Qalin va jingalak sochlarni, shuningdek turli tomonga o‘suvchi sochlarni tekislashi mumkin. Bundan tashqari, qo‘lda qulay o‘rnashadi va xuddi yosh Jeki Chan filmlaridagidek soqol qirishda egilib-bukilish zaruratidan xalos qiladi. Agar boshingizda soch to‘kilgan joy borligi sababli qolgan sochlardan butunlay voz kechishga tayyor bo‘lsangizu, xavfli ustaraga vaqt sarflashni istamasangiz, Remington xarid qiling.
Braun Series 9 All-In-One
Faqat quruq sochlar bilan ishlaydi. Avtonom ishlash vaqti – 100 daqiqa. Himoyalangan tig‘li disk soqol va tanadagi sochlarni qirish uchun mos keladi.
Ko‘p vazifali ustaraga qancha ko‘p pul tiksangiz, shuncha yaxshi natija va uzoq foydalanish imkoniga ega bo‘lasiz. Butun tanasi uchun bitta vosita kerak bo‘lgan va soqol o‘stirmaydigan, ammo 1 millimetrli soqolga rozi bo‘lgan minimalistlar uchun Braun Series 9 qurilmasini tavsiya qilamiz. Undagi uchlik pozitsiyalari soni hattoki anchagina uzun sochlarni kesish uchun ham mos keladi.