Texnologiya ixlosmandi o‘ziga ravo ko‘rishi mumkin bo‘lgan 15ta eng yaxshi sovg‘a
Agar siz aqlli gadjetlar va boshqa devayslarni xush ko‘rsangiz, biz tanlovni jiddiy tarzda yengillatishga va sizga aniq yoqadigan foydali narsalarni topishga qaror qildik. Demak, texnikaning so‘nggi yutuqlari bilan kundalik hayotimizni yengillashtiramiz.
Xiaomi aqlli displeyi
Bu shunchaki planshet emas. Bu juda ko‘p funksiyalarga ega displey: musiqa tinglash, video tomosha qilish, videoaloqada muloqot qilish, “Алиса” ovozli yordamchisining savollarga javob berishi va aqlli uyni har qanday qulay usulda — sensor yoki ovoz yordamida boshqarish. Turgan gapki, sizning texnomaningizda qandaydir aqlli uy qurilmalari bor bo‘lsa kerak, shunday ekan, ushbu qurilma unga albatta foydali bo‘ladi.
Xiaomi Jeeback Neck Massager G20 bo‘yin massajyori
Ushbu sovg‘a nafaqat texnogiklarga, balki kunning ko‘p qismini o‘tirgan holatda o‘tkazadiganlarga ham yoqadi. Qurilma bo‘yinga taqiladi va boshqaruv pulti yordamida yoqiladi, tananing davolanayotgan joyini qizdirishi va to‘rt xil massajni amalga oshirishi mumkin: tebranma, tinchlantiruvchi, impulsli, davolovchi. Undan hatto ishda ham foydalanish mumkin. Biroq buni hech kim ko‘rmagan vaqt qilgan ma’qul, aks holda ushbu qurilmani sinab ko‘rishni xohlovchilardan uzun navbat paydo bo‘lish xavfi yuqori.
Xiaomi Watch 2 Pro aqlli soatlari
Aqlli soatlarning hayratlanarli jihati yo‘q, biroq biz bu punktni chetlab o‘ta olmadik. Ularda odatda xuddi electron soatlardagi kabi vaqtni, qadamlar soni va yo‘qotilgan kaloriyaga o‘xshash turli ma’lumotlar ko‘rsatadigan kichik ekran bo‘lishiga o‘rganib qolganmiz. Biroq bunday inetrfeys hammaga ham qulay emas. Klassikani afzal ko‘radiganlar uchun, Xiaomi aylana siferblatli va bejirim dizaynga ega aqlli soatlarni yaratdi. Ular o‘zining noodatiy funksiyalari bilan ham farqlanadi: soat ichiga yurak ritmini o‘lchaydigan datchik, tana harorati, qondagi kislorod miqdori, uyqu holati, GPS o‘rnatilgan, shuningdek, unga boshqa ilovalarni ham yuklab olish mumkin – 32 Gb li ichki xotira hajmi bunga imkon beradi.
Tefal Optigrill+ aqlli elektrogrilli
Ushbu grill nafaqat istalgan darajada qovurilgan mukammal steyk tayyorlaydi, balki meva, parrandalarni pishiradi, sabzavot, baliqlarni qovuradi va hatto qo‘shimcha nasadkalar va oltita avtomatik dasturlardan biri yordamida vafli ham tayyorlaydi. To‘g‘ri, nasadkalar alohida sotib olinadi. Kuyishga qarshi qoplama tufayli qurilmani yuvish ancha oson: idish yuvish vositasi tomizilgan nam gubka bilan artish, qog‘oz sochiq bilan quritish – va keyingi safargacha olib qo‘yish mumkin.
Hodel Smart chiroqli budilnik
Butun uyni cho‘chitib yuboradigan baland signalli budilniklarni o‘tmishda qoldirish vaqti keldi. Chiroqli budilniklar davri boshlandi! Quyosh nuriga o‘xshab ketuvchi svetodiodli lampa ko‘rinishidagi, belgilangan vaqtda sekinlik bilan qiziydigan mazkur qurilma ufqdan ko‘tarilayotgan quyoshga o‘xshaydi. Ular uyg‘onish jarayonini yoqimli qilishda yordam beradi, uyqu sifatini yaxshilagan va organizmning sirkada ritmini qo‘llab-quvvatlagan holda, kortizol va melatonin ishlab chiqarilishini boshqarib turadi.
Xiaomi Smart Band 8 fitnes-bilaguzugi
Klassik dizayndagi soat bilan sport bilan shug ‘ullanish umuman noqulay, ixcham fitness-bilaguzuk bilan esa – mutlaqo qulay. Dasturchilar unda hatto uxlash ham mumkinligini ham tasdiqlashmoqda – u qo‘lda shunchalik sezilmaydi. Xiaomi Smart Band 8 kundalik foydalanish uchun aynan mos keladi, jismoniy salomatlik holatini kuzatib turadi, uyqu holati ko‘rsatkichlarini va stressning joriy darajasini aniqlaydi. Lekin shu bilan birga bilaguzuk juda uzoq vaqtga quvvatni saqlaydi. Mabodo qandaydir sababga ko‘ra aksessuarni qo‘lga taqqingiz kelmasa, uni aqlli kulonga aylantirish mumkin.
Plevo Up aqlli jomadoni
Navbatdagi aqlli devays bilan texnogik tanishingizni lol qoldira olmayman, deb o‘ylayapsizmi? Xato qilasiz. Unga Face ID, Touch ID va eng yuqori xavfsizlikni ta’minlash uchun Morse Code tizimiga ega, yaqinda dazmollangan narsalarni ehtiyotkorlik bilan tashish uchun surilma ilgakli, tarozi datchikli, yuk og‘irligini o‘lchovchi va ortiqcha kilogram to‘planishining oldini olish maqsadida reys haqidagi ma’lumotlar bilan sinxronlashtiruvchi smart-jomadonni ko‘rsating. Bundan tashqari, unda shoshilinch holatlarda smartfonni quvvatlantirish mumkin bo‘lgan USB-ulagich ham o‘rnatilgan. Boring-ki, mazkur qurilmaning eng yaxshi funksiyasi – masofadan qat’i nazar, jomadonni qayerda turganini aniqlash imkonini beruvchi GPS modulidir. Agar yuk yo‘qolgan taqdirda ham, uning egasi aynan qayerda turganidan xabardor bo‘ladi, bu qidiruvni sezilarli darajada tezlashtiradi.
Xiaomi Circle Joy 4tasi 1da vino uchun to‘plami
To‘plam to‘rtta predmetdan iborat: qalaydan yasalgan qopqoqlarni ochish va yorliqlarni kesish uchun mo‘ljallangan ko‘p funksiyali pichoq, butilkalarni sanoqli daqiqalar ichida qopqog‘i otilmasdan ochish uchun elektroshtopor, ortib qolgan vinoni butilkada buzilmay saqlab turadigan vakuumli tiqin va ichimlikni kislorod bilan to‘yintiruvchi va yot ta’mlarni bartaraf qiluvchi aerator.
Scarlett SC-AH986E24 havo namlantirgichi
Havo namlantirgich, ayniqsa, konditsioner ishlashi va binolardagi yopiq derazalar sabab havo qurib qoladigan qishki davrlarda zarur. Quruq havo esa, ma’lumki, teri qurishi va ko‘zning ko‘p yoshlanishiga olib kelishi mumkin. Havo namlantirgich uning ichiga o‘rnatilgan suv aralashmasidan tozalangan mayda suv zarralarini xona bo‘ylab bir maromda tarqatadigan ultratovushli purkagich hisobiga namlikni oshiradi. Qurilmaga, shuningdek, efir moyini ham qo‘shsa bo‘ladi, shunday ekan, undan ham aromaterapiya, ham shunchaki uyga yoqimli hid taratish uchun foydalanish mumkin.
Xiaomi Mijia Smart Pillow uyqu uchun yostig’i
Uyqusi yomonligidan hadeb shikoyat qilaveradigan odamga Xiaomi ning aqlli yostig‘ini sovg‘a qilish mumkin. U uyqu sifati, yurak ritmi, tana harakati va xurrakni, shuningdek, umurtqaning bo‘yin qismi holatini nazorat qiladigan Mi Home ilovasi bilan ishlaydi.
Og‘iz bo‘shlig‘i uchun Kitfort KT-2903 irrigatori
Irrigator – kelgusida tishlarni davolashga ketadigan pulni tejashi mumkin bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi uchun juda kerakli buyum. Bunday sarmoya kelajakda aniq qadrlanadi. Kitfort irrigatori – eng hamyonbop variantlardan biri, u tishlar orasidan suvning chuqur sizib oqishini va ularning yuzasidan karashlarni to‘plamdagi yettita nasadka hamda o‘nta ishlash rejimi yordamida tozalashni ta’minlaydi.
Kitfort KT-1005 bug‘li tozalagichi
Uyni aqlli qurilamalar bilan tozalash ancha yoqimli. Ular tozalash vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi va hatto ketishi eng qiyin dog‘larni ham qiyinchiliksiz ketkazadi. Misol tariqasida, Kitfort bug‘li polyuvgichi sanoqli daqiqalarda kirlarni issiq par bilan ualrni yumshatib, eritgan holda va qolgan kirlarni latta bilan yuvib ketkizadi. To‘plamda pol uchun nasadka, kurakcha-nasadka va nuqtali nasadka mavjud, shunday ekan, birgina qurilma yordamida butun uyni boshdan oyoq tozalab chiqish mumkin.
Aqlli rozetka
Kim aqlli uy uchun qurilma xarid qilishga hali qaror qilmagan bo‘lsa, u holda aqlli rozetkadan boshlashi mumkin. Uning ishlash prinsipi quyidagicha: u tashqi qurilma va oddiy rozetka orasida vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga unga muayyan ish grafikini tayinlab, yoki texnika holatini masofaviy rejimda kuzatgan holda smartfon yordamida boshqarish mumkin. Masalan, “Yandeks” da “Alisa” bilan sinxronlashadigan shunday rozetka mavjud.
Rombica Barista CTG-2 portativ kofemashinasi
Agar siz ashaddiy qahva ishqibozi bo‘lsangiz, bunday sovg‘a sizga aniq manzur bo‘ladi. Axir sizda endi istagan joyda yangi damlangan qahva ichish imkoni bor. Akkumulyatorli portativ kofemashina bir quvvatlanishda 50 finjon kapsulali yoki eruvchan qahva tayyorlashi mumkin. Ixcham qurilma ryukzak yoki o‘rtacha hajmdagi sumkaga joylashadi, o‘zingiz bilan qahva kapsulasi va bir butilka suv solib olsangiz ham bo‘ladi.
Jonas Opus One aqlli soyaboni
Smart-soyabonni qachon qarama hamma narsasini yo‘qotib yuradiganlarga sovg‘a qilish mumkin, chunki u smartfondagi ilovaga ulanadi va geojoylashuvni aks ettiradi. Jonas Opus One formatiga ko‘ra – “jimjiloqdek” keladigan batareykalarda ishlovchi yengil zont-tayoq. Qurilma dastagiga joriy ob-havo ma’lumoti haqida xabar beruvchi yorug‘lik datchigi o‘rnatilgan: agar unda qizil yonsa, demak, yaqinda yomg‘ir boshlanadi, agar yashil yonsa – yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ochiq variantda zont telefon bilan sinxronlashtiriladi, jami bildirishnomalarni qabul qiladi va dastak tebranishi yordamida ular haqida xabar beradi.