Skip to main content

Forbes jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, 65 yoshli tadbirkorning boyligi 6,2 milliard AQSH dollarini tashkil etadi.

Muvaffaqiyatning universal strategiyasi mavjud bo‘lmasa-da, Mark Kyuban boylikka eltuvchi yo‘lda sizga yordam beruvchi uchta sir bilan o‘rtoqlashadi. Investor va milliarder o‘z faoliyatini 12 yoshida axlat qopchalarini sotishdan boshlagan. U “Dallas Maveriks” MBA basketbol jamoasi va Landmark teatri sohibi, shuningdek, AXS telekompaniyasi direktorlar kengashi raisi hisoblanadi.

Universitetda o‘qish davrida Kyuban barda ishlar, raqsdan saboq berib, ishlab topgani sariq chaqa edi. 1985-yilda, 27 yoshida, u o‘zining MicroSolutions dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi kompaniyasiga asos soldi. Tez orada uning kotibasi kompaniyaning pullarini o‘margani ma’lum bo‘ldi. Oxir-oqibat u kompaniyani CompuServe ga 6 million dollarga sotdi.

To‘siqlarni yengib o‘tib, u muvaffaqiyatga erishishni o‘rgandi. Quyida Kubanning real hayotiy tajribasiga asoslangan uchta asosiy maslahati bilan tanishing.

Rejalashtiring

“Biz ishdan bo‘shab, kompaniyaga asos solgan va bir talay pul ishlab topgan odamlar haqidagi hikoyalarni  har doim qulog‘imizga chalinadi. Qulog‘imizga chalinmaydigani esa – bu  ishdan ketgan, kompaniya ochgan va muvaffaqiyatsizlikni boshidan kechirgan kishilarning hikoyalari. Endilikda esa ular o‘zlari nafratlanadigan ishda ter to‘kmoqdalar. Ishdan ketishdan oldin o‘zingizni tayyorlang, nima qilayotganingizni bilishingizga amin bo‘ling va pul  yig‘ishni boshlang. Sizning jamg‘argan pullaringiz kamida olti oyga yetishi kerak. Shundagina siz o‘z biznesingizni boshlashga tayyor bo‘lishingiz mumkin”, deydi Mark Kyuban.

O‘z ishingizning ustasiga aylaning

Kyubanning fikricha, siz qachonki o‘z ishingizni boshqalardan ancha yaxshi tushunsangizgina millionerga aylanishingiz mumkin.

“Aynan o‘shandagina kompaniyaga asos solish vaqti keladi. Shunda siz o‘z taqdiringiz jilovini qo‘lingizga olasiz.”

Hammasini boy berishdan qo‘rqmang

“Agar sen orqangni devorga berib, polda uxlayotgan bo‘lsang-u, o‘rtoqlaring ishga borish uchun ustingdan oshib o‘tayotgan bo‘lishsa, senda faqat bitta yo‘l qolganini tushunasan”, – esga oladi Kyuban.