Skip to main content

Yevropa va Yaponiyaning nomdor avtomobil ishlab chiqaruvchilariga qarshi shiddatli kurash shiori ostida o‘tgan bir asrdan ko‘proq tarix davomida Amerikaning Chevrolet kompaniyasi nafaqat quyosh ostida o‘z o‘rniga, balki mutlaqo ishonchli harakatlanish vositalari yaratuvchisi maqomiga ham ega bo‘ldi. 

Siz Arizonadagi mashhur 66-shosse orqali yolg‘iz Uilyamsda yoki Xitoy shimoli-sharqidagi Suchjou zamonaviy megapolisida bo‘lishingizdan qat’iy nazar, birinchi avlod Chevrolet Impala, mehnatkash Silverado, sariq-qora rangli shiddatli Camaro yoki oilaviy Captiva avtomobillarini uchratishga tayyor turing.

Ummon ortidagi muhandislarning ko‘p yillik mehnati natijasida vujudga kelgan avtomobil falsafasi biznes-toifani ham chetlab o‘tmadi va brend o‘z an’analariga sodiq qolgan holda, jahon bozorida Chevrolet Malibu nomli kuchli o‘yinchini taqdim etib kelmoqda.

Kundalik biznes-klass: 2024-yilda Chevrolet Malibu XL xarid qilish sabablari, 7men.uz

TEZKOR MAGISTRALLAR UCHUN TAYYOR

Yangi urfga xos “xitoyliklar” uchun ulkan displeylar yoki elektronikadagi qo‘shimchalar bilan avtoishqibozlarni qoyil qoldirish havodek zarur hisoblangan bir vaqtda, Malibu hech narsani isbotlashi shart emas – uzoq 1914-yildagi asoschilarga havola qiluvchi radiator panjarasidagi o‘zgarmas emblemaning o‘zi kifoya. 

Xususan, interyer va eksteryerdagi topilmalarga bir oz keyinroq qaytamiz. Premium-toifa sedanida hammasidan ko‘proq kuchlanish qurilmasi va uzatishlar qutisining sportga xos kombinatsiyasi hayratga soladi.

Albatta, endi bu “yuztaga” 40 litr sarflaydigan 60-yillarda paydo bo‘lgan an’anaviy amerika V8 modeli emas, balki naqd 236 ot kuchiga chiqadigan va 350 Nm aylanuvchi holatga ega turbinalangan ichki yonish dvigatelidir. Agregat 9 bosqichli “avtomatda” ishlaydi. Zich uzatish sonlari tezliklarni o‘zgartirishga oid tezkor va aniq mantiq bilan hamjihatlikda motorning eng maksimal aylanuvchi holatining keng diapazonini to‘liq hajmda amalga oshirish imkonini beradi.

Ikki tonnali avtomobil atigi 7 soniyada soatiga 100 km tezlikka chiqadi, bu orada spideometr o‘qi faqat soatiga 220 km ko‘rsatkichda harakatdan to‘xtaydi. Chevrolet o‘zining tezkor magistrallar bo‘ylab uzoq masofali sayohatlarni sevuvchilar uchun ana shunday sovg‘ani hozirladi.

Bunda hamyon uchun havotirlanishga o‘rin yo‘q: akselerator pedali haddan tashqari ko‘p ishlatilmagan sharoitda, ishlab chiqaruvchi shahar ichida 8,6 litr va trassada 6 litr sarfni va’da qilmoqda – bunday motor uchun kulgili raqamlar.

Malibu’ning tashqi va ichki gabaritlari o‘z toifasiga muvofiq. Sedan uzunligi – 4933 mm, kengligi – 1854 mm, klirens – 124 mm.

Yo‘lga nisbatan kutilmaganda kamtarona oraliq masofa ushbu Chevrolet modeli faqat asfalt bo‘ylab foydalanishga mo‘ljallanganiga urg‘u beradi. Qahraton qishli hududlarda avtomobil egalari avvaldan shatakka oluvchi trosni nazarda tutishlari zarur: karter himoyasigacha bunday masofa bilan uning yordamiga albatta ehtiyoj tug‘iladi. 

Bagaj bo‘limi salmoqli 520 litrli sig‘imi bilan hursand qiladi. Buni “sinfdoshlar” orasida deyarli rekord desa ham bo‘ladi. Biroq bunday natijaga to‘laqonli zaxira g‘ildiragi hisobiga erishilgan. Asosiy kuzov va kuchlanish qurilmasi oldinda segment uchun standart hisoblangan MacPherson shassisi hamda orqada mustaqil “ko‘p ilgakka” asoslangan. 17-dyuymli g‘ildiraklar texnik kompoziyani yakunlaydi.

O‘zbekistonlik avtoishqibozlar uchun olti xil rangdagi kuzov va uch xil komplektatsiya tanlovi mavjud: 1LT, 2LT va top darajali LTZ.

Kundalik biznes-klass: 2024-yilda Chevrolet Malibu XL xarid qilish sabablari, 7men.uz

Baza sifatida Malibu diodli orqa optika, charmdan ishlangan interyer, ikki hududli iqlim-nazorati, kruiz-nazorati, salonga kalitsiz kirish, manzarali lyuk, orqani ko‘rish kamerasi, start/stop tizimi, shinalardagi bosim monitoringi tizimi, oltita xavfsizlik yostig‘i hamda asosiy elektron yordamchilar to‘plamini (ABS, ESP, EBD, TSC) taklif qiladi.

Bir oz qo‘shimcha to‘lov evaziga oldinda diodli faralar va moslamalar panelida 8 dyuymli displeyga ega bo‘lish mumkin. Avtomobilning eng qimmatli talqinida havo sifati datchigi, adaptiv kruiz-nazorati, old o‘rindiqlar ventilyatsiyasi, 9ta dinamikli Bose akustika tizimi hamda ilg‘or xavfsizlik tizimlari (to‘qnashuvdan ogohlantirish, to‘qnashuvning oldini olish, qatnov chizig‘ida saqlash, o‘tishlarni aniqlash, favqulodda tormozlash va boshqalar) mavjud.

Haydovchi va uning hamrohlari uchun premial qulaylik muhiti barcha komplektatsiyalar uchun umumiy xususiyat hisoblanadi. Chevrolet’ning o‘z mijozlariga nisbatan g‘amxo‘rligi haydovchida o‘nta va yo‘lovchida oltita yo‘nalish bo‘yicha sozlanuvchi ergonomik o‘rindiqlar kabi mayda detallarda namoyon bo‘ladi.

Kundalik biznes-klass: 2024-yilda Chevrolet Malibu XL xarid qilish sabablari, 7men.uz

Kundalik biznes-klass: 2024-yilda Chevrolet Malibu XL xarid qilish sabablari, 7men.uz

Kundalik biznes-klass: 2024-yilda Chevrolet Malibu XL xarid qilish sabablari, 7men.uz

Kundalik biznes-klass: 2024-yilda Chevrolet Malibu XL xarid qilish sabablari, 7men.uz

SALOBATLI ODAMLAR UCHUN KLASSIKA

Salon ichini ko‘rib chiqar ekanmiz, interyerning o‘ziga xos jihatlarini ham aytib o‘tish zarur.

Ichkaridan Malibu o‘tuvchi dizaynerlik yechimlariga boy. Bu yerda moslamalar panelidagi ulkan ekran o‘qli taxometr hamda yoqilg‘i/harorat darajasi ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashgan bo‘lib, sensorli multimediya displeyi ostida tugmali “iqlim” bloki joylashgan. Qo‘lingiz ostida keng ommalashgan shayba yoki joystiklarni izlashga hojat yo‘q. Ularning o‘rnida – uzatishlar qutisining an’anaviy keng tutqichi.

Shartli “eski” va shartli “yangi”ning bunday kombinatsiyasi bekorga qo‘llanilmagan. Sedan mualliflari katta yoshdagi yetuk foydalanuvchiga salonning yarmini bekitib qo‘yadigan ulkan monitorlar emas, balki ishonchli va intuitiv boshqaruv; pastda ma’nosiz kesilgan rul emas, balki qulay tutqich; dizayn uchun dizayn emas, balki amaliylik zarurligini payqadilar.

Malibu – yorqin o‘yinchoq emas, balki salobatli odamlar va faol oilaparvarlar uchun jiddiy harakatlanish vositasidir.

Shunday bo‘lsa-da, Chevrolet interyerni qizil hoshiya, eksteryerni esa – Redline uslubidagi qizil elementlar bilan bezash orqali bir oz dadillik qo‘shgan. Aslida vaqti-vaqti bilan dvigatel va qutining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun hech bo‘lmaganda maksimal komplektatsiyaga rul osti yaproqlari qo‘shilsa yanada yaxshi bo‘lardi.

Xo‘sh, nima uchun 2024-yilda Malibu avtomobilini tanlagan ma’qul? Bu hattoki raqobatchilariga nisbatan katta bo‘lgan, oqilona qiymat evaziga o‘zida sportga xos shiddat, ko‘zni oluvchi dizayn va vaqt bilan sinalgan ishonchlilikni mujassam qilgan biznes-toifa sedani. Megapolisda hukm suruvchi zich qatnovlar sharoitida avtomobil keskin manevr qilishda ishonch hissini ta’minlaydi, shahar tashqarisida esa adaptiv kruiz-nazorat yordamida boshqaruvga oid majburiyatlarning bir qismini o‘z zimmasiga oladi.

Bundan tashqari, jahon muxandisligining ijod mahsuli bonus tariqasida hech qanday pulga sotib olish mumkin bo‘lmagan Chevrolet asrlik tarixiga monandlik hissini taqdim etadi.

Yana bir marta eng asosiysi haqida qisqacha:

  • 236 o.k.
  • 9 bosqichli avtomat uzatishlar qutisi
  • 7 soniyada 100 km/soat
  • Shahar ichida 100 km uchun 8,6 l
  • Bagaj bo‘limi 520 l
  • G‘ildiraklar 17 dyuym
  • Charmdan ishlangan salon
  • Ikki hududli iqlim-nazorati
  • Manzarali lyuk
  • 6ta xavfsizlik yostig‘i

 

Matn: Ilya Pushkaryov
Foto: Ruslan Mardanov